“Andijon”ning yoqimsiz seriyaga chek qoʻyish vaqti keldi

Xabaringiz bor, “Andijon” 10-mart kuni “Bobur Arena”da 2024-yildagi dastlabki rasmiy uchrashuvini oʻtkazadi. Shu kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mehmon boʻladi.
Oʻzbekiston chempionatida bu ikki klubning birinchi uchrashuvi 2007-yilning 22-iyun kuni boʻlib oʻtgan. Oʻshanda “Bunyodkor” “Quruvchi” nomi bilan qatnashardi. Andijondagi uchrashuvda mehmonlar 0:2 hisobida gʻalaba qozonishgan.
Hammasi boʻlib, chempionat doirasida klublar 26-marta toʻqnashishgan. Afsuski, hozircha “Andijon”ga “Bunyodkor”ni yengish nasib qilmagan. 6 ta durang va 20 tasida “Bunyodkor”ning qoʻli baland kelgan. Toʻplar nisbati 9-52 “Qaldirgʻochlar” foydasiga.
“Andijon” klubiga yoqimsiz anʼanaga barham berish vaqti keldi va bu safar umid qilamizki, jamoamiz gʻalaba orqali muxlislarining kayfiyatini yanada koʻtara oladi.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...