Aleksandr Xomyakov: “Yoqimsiz anʼanaga chek qoʻyib, yirik hisobda gʻalaba qozonganimiz yoqimli”

“Andijon” – “Bunyodkor” (5:1) oʻrtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

-Kecha aytganimdek, biz mavsumning ochilishini orziqib kutdik. Ayniqsa, uy uchrashuvimizdagi ilk oʻyinni intizor boʻlib kutgandik. Muxlislarimizni xursand qilishimizni niyat qilgandik. Oʻz oʻrnida ishqibozlarimiz ham aʼlo darajada qoʻllab-quvvatlashdi. Bunday muxlislik fonida biz oʻz darajamizdan past oʻyin koʻrsatmasligimiz kerak edi. Shunday ekan, barchani bugungi gʻalaba bilan tabriklayman. Yanada oldinga intilishni xohlayman.

-Bu tarixiy gʻalaba edi. Oʻyin avvalgi statiktika edi. Bundan xabaringiz bormidi?

-Albatta (kuladi). Meni bundan xabarim bor edi. Chunki meni yonimda statiktini yetkazib turadigan matbuot kotibim bor-ku. Albatta, bunday yoqimsiz anʼanaga chek qoʻyib, yirik hisobda gʻalaba qozonganimiz shubhasiz yoqimli. Ishonamanki, bundan keyin ham yana shunday gʻalabalarimiz davom etadi. Eng asosiysi, ishqibozlarimizni xursand qilish. Yigitlarga ham yaxshi oʻyin koʻrsatishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Boshida ozgina qiyin boʻldi. Bir qator asabiy vaziyatlar kuzatildi. Masʼuliyatni his qilgan holda natijaga erishdik. Katta kuch bilan oldinga intilishdi. Futbolchilarimga qoyil! Standartdan gol urishga erishdik, tezkor gol ham kiritdik. Umumiy maʼnoda aytganda, koʻzlagan maqsadimizga erishdik.

-Jamoada yangi oʻyinchilar bor. Masalan, Luka Zgurskiy gol urdi. Lekin baʼzi vaziyatlarda tezligi pand berdi…

-Rubin Xebayning tezligi yuqorimidi? Luka hali yosh. Shu oʻrinda jamoamiz ham ozgina yoshardi. Aksariyat chiziqlarimizda yoshlar toʻp surishyapti. Ularda biroz tajriba yetishmayotgan boʻlishi mumkin. Zgurskiyga toʻxtalsam, bu uning ikinchi oʻyini, oʻz uyimizdagi endi ilk uchrashuvi hisoblanadi. Bunday atmosferada balki u hali oʻynamagandir. Oʻylaymanki, uning tezligi u qadar yomon emas. Unda asosiysi, oʻyinga intilish bor. Oʻyinning har bir jarayonida ishtirok etyapti. Hujumlarda ham faol ishtirok etyapti. Oʻylaymanki, uning faoliyati yomon boshlanmadi. Jamoamizda bir qator iqtidorli yoshlar bor. Ularga yana tajriba toʻplash uchun biroz vaqt kerak. Hozirda klubga moslashish jarayoni davom etyapti. 5:1 hisobida gʻalaba qozonganimiz hali hech nimani anglatmaydi. Chunki ustimizda koʻp ishlashimiz kerak. Muammolarimiz ham yoʻq emas. Ularni bartaraf qilish ustida ishlashda davom etamiz.

-Abduvohid Gʻulomov qanotini oʻzgartirdi. Nima uchun uning joyi oʻzgartirildi?

-Bizda qanot himoyachilari oʻrtasida ayrim muammolarimiz bor edi. Qanotlarni oʻzgartirish uchun bir qator variantlar bor edi. Masalan, Ilhom Alijonov varianti yoki Abdurahmon Komilov. Afsuski, ularni jarohatlari mavjud. Alijonov hozir tiklanish jarayonini davom ettiryapti. U asta-sekin oʻziga kelmoqda. Ular safga qaytganidan soʻng yanada kuchayamiz.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...