Ivan Bubalo: “Oʻtgan safargi magʻlubiyatda men aybdor edim. Bugun faqat men emas, futbolchilar ham aybdor”

“Andijon” – “Bunyodkor” (5:1) oʻyinidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ivan Bubalo qatnashdi va fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

-Avvalo, oʻyin haqida fikrlaringiz?

-5:1 hisobida yutqazganimizdan keyin nima deya olaman? Yomon oʻyin koʻrsatdik. Agar maydonda 11 futbolchi oʻynaganimizda u qadar yomon natija boʻlmasdi. Birinchi golni oʻzimizni xatoimiz tufayli erta oʻtkazib yubordik. Lekin yomon oʻyin koʻrsatmayotgandik. Bizda bitta imkoniyat boʻldi. Gol ura olmadik. Keyin muvozanatni tikladik. Futbolchimizga qizil kartochka koʻrsatilgan vaziyatni koʻrmay qoldim. Qizil kartochkadan keyin oʻyin boshqa tomonga oʻzgarib ketdi. Chetlatilishdan bir daqiqadan keyin standartdan gol oʻtkazdik. “Qizilqum”ga yutqazganimizdan keyin men aybdor edim. Bugun faqat men emas, futbolchilar ham aybdor. Standart vaziyatida kurashishmadi. Bugungi uchrashuvdan xulosa qilsak, faqat 17 yoshli Aziz xarakterini koʻrsatdi va Amir Toʻraqulov ham.

-Uchrashuvda himoyachilar qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻydi. Bunga munosabatingiz qanday?

-Hozir hech nima ayta olmayman. Har bir tepilgan zarba gol boʻldi. Omadimiz kelmadi. Himoyachilarimiz juda yomon oʻynashdi. Agar imkoni boʻlganida hammasini oʻzgartirardim. Agar shunday natija boʻlganida oʻyinni yosh oʻyinchilar bilan yutqazganimiz yaxshi edi. Chunki yoshi katta futbolchilardan koʻra yoshlarimiz yaxshiroq oʻynashini koʻrsatishdi.

-“Andijon” muxlislari va “Bobur Arena” haqida fikringiz?

-Atmosfera ajoyib boʻldi, rahmat. “Andijon”ni gʻalaba bilan tabriklayman. Hammasi ajoyib.

-Oʻyingacha statistikadan xabaringiz bormidi? “Bunyodkor” ilk bor “Andijon”ga yutqazdi.

-Ha, bilardim.

-“Bunyodkor” oʻyin tomonlama oʻrtamiyona jamoaga aylanib qolyapti. Bu byudjet bilan bogʻliqmi yoki…

-Byudjet haqida hech nima gapira olmayman. Bilaman,4-5 talikda emasdirmiz. Lekin yuqori oʻrinlar uchun kurashadigan emasmiz. Bunga byudjetni aloqasi yoʻq.
“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (1)

  1. Imronchik

    Usmon Bu senga Jazo 2 safar qilĝilikni qilding ōtirgan Dasturxoniga Hech kim tupirmasligi Kere nomard Battar bŏl donyor Belangiyam Hudo hohlasa Bobur Arenada yiğlab ketadi

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...