Kuchlar teng keldi

“Andijon” hamda “Bunyodkor” U21 jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv ham “Bobur Arena”da oʻtkazildi. Avvaliga mehmonlar birinchi boʻlimda hisobni ochishdi. Ikkinchi boʻlimda Xamidullo Karimov oʻrtadagi muvozanatni tikladi. Asosiy oʻyinda boʻlgani kabi yoshlar oʻrtasidagi uchrashuvda ham “Bunyodkor” vakili qizil kartochka sababli maydondan chetlatildi. “Andijon” yoshlari raqib jarima maydoni ichida qator xavfli hujumlarni uyushtirdi. Uchrashuv oxiriga qadar gol urish imkoniyati boʻldi. Lekin 1:1 hisobi oʻzgarmadi va tomonlar durang natijani qayd etdilar.
“Andijon” – “Bunyodkor” – 1:1 (0:1).
11-mart. Andijon. “Bobur Arena” stadioni. 135 tomoshabin.
Hakamlar:
Isroil Imomnazarov, Anvar Marajabov. Ziyodullo Abdurahmonov.
Nazoratchi: Aleksandr Petrov.
Komissar: Qudrat Madraimov
“Andijon” U21: Mohir Komilov (Asilbek Tojiddinov, 46), Izzatilla Abdurasulov, Asadbek Habibullayev, Abdulatif Oybekov (Xabibulla Xabibullayev, 74), Omad Tursunaliyev, Abbos Abdugʻafforov, Abdulaziz Yusupjonov (Diyor Madaminov, 46), Shoxjahon Yorqinboyev (Aziz Usmonov, 67), Oyatillo Obidjonov (Saidmurod Karimov, 46), Xamidullo Karimov, Rustam Turdimurodov.
“Bunyodkor” U21: Umar Rustamov, Alijon Bekmuratov, Ollobergan Karimov (Asad Jamolov, 58), Narimon Axmadjonov, Amirbek Saidov (Oblayor Rahmatov, 80), Abudazim Ortiqov (Aziz Odilov, 46; Kiril Volnuxin, 90+2), Ozod Sotvoldiyev, Xumoyun Bozorboyev (Aziz Maxamadjonov, 80), Muhammadayub Omonov (Abdulhamid Ikromov, 46), Danila Yejov (Shamsiddin Tursunmaxamadov, 58), Tohir Toʻxtasinov.
Gollar: Abduazim Ortiqov, 12 – 0:1. Xamidullo Karimov, 65 – 1:1.
Ogohlantirishlar: Abdulaziz Yusupjonov, 23. Oyatillo Obidjonov, 37 – Narimon Axmadjonov, 28. Asad Jamolov, 73.
Chetlatish: Narimon Axmadjonov, 53.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...