“Surxon” – “Andijon” uchrashuvi oldidan statistik maʼlumotlar

“Andijon” jamoamiz Superliganing 3-turini Toshkentda “Paxtakor” markaziy stadionida oʻtkazadi. 16-mart kuni nominal mezbon – Termizning “Surxon” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu jamoalar Oʻzbekiston chempionatidagi birinchi uchrashuvi olis 1992-yilga borib taqaladi. Termizdagi ilk bahsda klublar 1:1 hisobida durang qayd etishgan. Shu paytgacha “Surxon” va “Andijon” oʻzaro 32 bor maydonda kuch sinashishgan. Ustunlik esa jamoamiz tarafida. Boisi, 16 ta uchrashuvda “Andijon”ning qoʻli baland kelgan. “Surxon”da 10 ta gʻalaba bor. Yana 6 ta bahsda durang qayd etilgan. Toʻplar nisbati 38\57 “Andijon” foydasiga.


Qizigʻi, 16-mart kuni oʻynaydigan bu jamoalar 2021-yilning aynan ushbu sanasida ham maydonga tushishgan. Oʻshanda Andijondagi chempionatning ochilish oʻyinida jamoamiz 1:0 hisobida gʻalaba qozongan va hozircha bu “Andijon”ning “Surxon”ga qarshi oʻyinlardagi soʻnggi gʻalabasi boʻlib turibdi. Ishonamizki, bu safargi toʻqnashuvda ham Xomyakov jamoasi muxlislarimizni gʻalaba bilan quvontira oladi.


Olgʻa, “Andijon”.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...