Fevzi Davletov: “Raqibni standart vaziyatlarda ustun ekanligini aytgandim”

“Surxon” – “Andijon” (2:3) oʻyinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida termizliklar bosh murabbiyi Fevzi Davletov oʻz fikrlarini bildirdi.

-Kutilgan prinsilial raqibga qarshi yaxshi tayyorgarlik koʻrgandik. Standart vaziyatlarga eʼtibor qaratgandim. Raqib jamoani bu borada ustun ekanliklarini bilardik. Qayerdir uddaladik, qayerdadir vaziyatni koʻzdan qochirdik. Hujumda tajovuzkor oʻyin koʻrsatishini aytgan edim, gol urishimiz kerak edi.

-“Surxon” chempionatni uchta magʻlubiyat bilan boshladi. Nima boʻlyapti, jamoaga?

-Biz hozir optimal tarkibni shakllantiryapmiz. Ketma-ket oʻyinlardan tushunarsiz xatolar yuzaga kelyapti. Ruhiy bosimdan chiqish jarayoni kechmoqda. Xatolardan soʻng tiklanish qiyin boʻlmoqda. Shunday sabablarga koʻra bizda muammolar boʻlmoqda.

-Endi chempionatimizda kichik tanaffus. Bu payt davomida qanday oʻzgarishlarni amalga oshirmoqchisiz?

-Tabiiyki, nazorat oʻyini bor, bizda. Yana koʻrdingiz, biz qizil kartochka oldik. Yegor Krimes jarohatdan endi tiklanib qaytgandi. Ikki asosiy oʻyinchilarimizda kichik jarohatlar bor, ular tiklanish jarayonida.

-Salbiy natijalardan keyin muxlislar orasida Davletov isteʼfoga chiqsin, degan gaplar ham yoʻq emas. Jamoada ichki muhit qanday?

-Jamoada hech qanday muammo yoʻq, xammasi joyida.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...