“Andijon” U21 ham 3 ta gol urdi va dastlabki gʻalabasini qoʻlga kiritdi

Ularning bir kun oldin asosiy tarkib aʼzolari ishtirokidagi uchrashuvda “Andijon” jamoamiz raqib darvozasiga uchta gol urgan holda mehmonda 2:3 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritganini yaxshi bilasiz. “Andijon” U21 jamoamiz ham akalari singari “Surxon” darvozasiga 3 ta gol urishning uddasidan chiqdi.

“Paxtakor” markaziy stadionida boʻlib oʻtgan uchrashuvning 11-daqiqasida Rustam Turdimurodov 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi. Boʻlim oʻrtalarida “Surxon” vakili javob golini urdi. Ammo birinchi boʻlim yakunlanib borayotganida Xamidullo Karimov oʻz goli bilan “Andijon”ni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

Taʼkidlash kerakki, 19 yoshli hujumchining bu ketma-ket uchinchi oʻyindagi uchinchi goli hisoblanadi. Ikkinchi boʻlimda esa Abdurashid Ismoilov shogirdlari yakuniy golni ham kiritdilar. Zaxiradan aynan Xamidullo Karimov oʻrniga maydonga tushgan hujumchi Saidmurod Karimov hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqada Turdimurodovning pasidan soʻng “Andijon”ning uchinchi golini kiritdi.

Shu tariqa, yoshlar jamoamiz joriy mavsumdagi dastlabki gʻalabasini tantana qildi. Koʻrib turganingizdek, “Andijon”ning asosiy jamoasi ham, U21 jamoasi ham “Surxon”ga qarshi uchrashuvlarda uchtadan gol urgan holda uch ochkoni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Endi “Andijon” U21 keyingi uchrashuvini 31-mart kuni oʻz maydonimizda “Nasaf”ga qarshi oʻtkazadi. Boʻlajak muhim bahsda ham yoshlar jamoamizga omad tilaymiz.

“Surxon” U-21 – “Andijon” U-21 – 1:3 (1:2).
17-mart. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 126 tomoshabin.
Hakamlar:
Nikita Mustafin, Rishat Nugmonov, Abduaziz Abduxamitov.
Zaxira hakami: Roziyabonu Yusupova.
Nazoratchi: Nabijon Roʻzimov
Komissar: Sherzod Rajabov
“Surxon”: Davron Merganov (Maksim Murkayev, 46), Bobir Asqarov, Sarvar Abduhamidov, Davlatjon Muxiddinov, Diyor Rashidov (Abduraim Abdurashidov, 55), Abduqodir Amirqulov (Bobir Rahimjonov, 46), Kamron Ergashev (Ramzan Ismoilov, 46), Joʻrabek Mamatqulov (Aziz Baxtiyorov, 76), Shaxzod Savriyev (Sulton Ismoilov, 55), Ismadiyor Ummatov (Bekzod Gʻofurjonov, 84), Bexruz Shaydulov.
“Andijon”: Mohir Komilov (Abdumalik Nurmuhammadov, 69), Abdulatif Oybekov, Asad Habibullayev, Marlen Chobanov, Ilhom Alijonov, Asilbek Aysarov, Shoxjahon Yorqinboyev (Diyor Madaminov, 88), Abdulaziz Yusupjonov (Abbos Abdugʻafforov, 69), Aziz Usmonov (Oyatillo Obidjonov, 83), Xamidullo Karimov (Saidmurod Karimov, 83), Rustam Turdimurodov.
Gollar: Rustam Turdimurodov, 11-pen. – 0:1. Kamron Ergashev, 27 – 1:1. Xamidullo Karimov, 41 – 1:2. Saidmurod Karimov, 90+1 – 1:3.
Ogohlantirishlar: Kamron Ergashev, 13 – Marlen Chobanov, 53. Asad Xabibullayev, 73.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...