Legionerlarimiz terma jamoalarga joʻnab ketdi

Superligamizda 3-tur uchrashuvlari yakunlangach, chempionatimizda biroz tanaffus yuzaga keldi. Chunki FIFA kunlari munosabati bilan terma jamoalar oʻz oʻyinlarini oʻtkazadilar.
“Andijon” jamoamiz safidagi legionerlar – Shaxrom Samiyev va Maksim Sarrafga Tojikiston hamda Suriya terma jamoalaridan chaqiruv kelganligi sababli ular yigʻinga joʻnab ketishdi.
Jumladan, Samiyev Tojikiston milliy terma jamoasining Doxadagi yigʻiniga qoʻshilgan. Tojikiston terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida 22-mart kuni safarda Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni termasiga qarshi maydonga tushadi. Javob oʻyini esa 26-mart sanasida Dushanbeda boʻlib oʻtadi.
Maksim Sarraf esa Suriya U20 terma jamoasi yigʻiniga yoʻl oldi. U yerda legionerimiz Iordaniyaga qarshi oʻtkaziladigan oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etadi.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...