“Andijon” xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

Ayni paytda FIFA kunlari boshlanganligi munosabati bilan chempionatimizda ham kichik tanaffus yuzaga kelganligini yaxshi bilasiz. “Andijon” jamoamiz esa 19-mart sanasidan boshlab oʻz qarorgohida keyingi turda boʻlib oʻtadigan “Nasaf”ga qarshi oʻyin uchun tayyorgarlikka kirishgan.
Mazkur uchrashuv 30-mart kuni boʻlib oʻtadi. Ushbu oʻyingacha biroz muddat borligi uchun orada oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shuning asnosida “Andijon” 23-mart kuni “Bobur Arena”da Qirgʻiziston U20 terma jamoasiga qarshi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bellashuv soat 16:00 da boshlanadi.
“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (1)

  1. örtoqlik uchrashuvida Stadionga tashrif buyurish bepulmi?

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...