Prevyu. “Andijon” – “Nasaf”

“Andijon” – “Nasaf” jamoalarining oʻzaro oʻyinlar tarixi 1997-yilning 30-martidan boshlangan. Oradan 27 yil oʻtib, yana 30-mart sanasida ushbu klublar oʻzaro 45-oʻyinda maydonga tushishadi. Ilk bellashuvda darvozalar daxlsiz qolgan – 0:0.
“Andijon” “Nasaf” ustidan birinchi gʻalabasini 1998-yilning 28-sentyabr kuni nishonlagan. Oltinkoʻldagi stadionda oʻtkazilgan bahsda andijonliklar 6:0 hisobida raqibini tor-mor keltirishgan. Umumiy koʻrsatkich boʻyicha “Nasaf” oldinda. Shu kungacha oʻtkazilgan 44 ta uchrashuvning faqat 7 tasida “Andijon”ning qoʻli baland kelgan. “Nasaf” esa 27 ta oʻyinda gʻolib chiqqan. 10 ta bahs durang natija bilan yakun topgan. Toʻplar nisbati 49-94 “Nasaf” foydasiga.
Oʻtgan yili boʻlib oʻtgan oʻyinlarga kelsak, Qarshidagi uchrashuvda “Andijon” 0:1 hisobida gʻalaba qozongan. Ikkinchi davrada “Bobur Arena”dagi bahsda esa hisob ochilmagan – 0:0.
Jamoamizga muhim uchrashuvda omad tilaymiz va barcha muxlislarni 30-mart kuni, soat 19:00 da boshlanadigan markaziy uchrashuvga taklif qilib qolamiz. Sizlarni “Bobur Arena”da kutamiz.
“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (2)

  1. Olg’a Andijon Sen uchun. Beramiz Joon

  2. OOlg’a Andijon Sen uchun. Beramiz Joon

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...