Roʻziqul Berdiyev: “Chempionatdagi eng yaxshi oʻyinlardan biri boʻldi”

“Andijon” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvidan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Roʻziqul Berdiyev ishtirok etdi.

  • Bugungi oʻyin menimcha hozirgi chempionatimizdagi eng yaxshi oʻyinlardan biri boʻldi. Bunga muhit ham, maydon ham sabab boʻldi va qolaversa, ikkala jamoani ham gʻalaba uchun kurashgani turtki kechdi. Bu juda ham quvonarli. Chunki shunday oʻyinlar koʻp boʻlsa, chempionatimiz darajasi koʻtarilgani koʻrinib turibdi. Oʻyinga keladigan boʻlsak, biz yaxshi boshladik, gol urdik. Ammo standart vaziyatda extiyotkor oʻynashimiz talab etilgandi. Raqib bu vaziyatni golga aylantirdi. “Andijon”ni oʻrganganimizda koʻp yuguradigan, jismonan yaxshi va kurashuvchan jamoaligini bugun yana bir bor koʻrsatdi. Jamoalarda gʻalaba uchun yetarlicha golli imkoniyatlar boʻldi. Afsuski, durang bilan tugadi. Ushbu durangdan boshqa klublar manfaatdor boʻldilar.
  • Uchrashuvda “Nasaf” ikki ochko yoʻqotdi, degan fikrlar aytilyapti…
  • Oldimizda maqsad turibdi. Yoʻqotishlar hali hamma jamoada boʻladi. Chunki chempionatimizdagi koʻp klublarning darajasi tenglashib boryapti. Shu bois ochko yoʻqotishlar yuz beradi. Albatta, bugun gʻalaba uchun oʻynagandik. Ammo “Andijon” oʻz muxlislari qarshisida qanchalik yaxshi oʻyin koʻrsatishini ham bilardik. Bugun bu holatga yana bir bor amin boʻldik. Shunga qaramasdan, biz golli vaziyatdan keyin oddiyroq futbolga oʻtib qoldik. Ikkinchi boʻlimda ayrim oʻzgarishlarni qildik. Toʻp nazoratiga oʻtdik va imkoniyatlarga ega boʻldik. Biroq golga aylantira olmadik.
  • Javohir Sidiqov nega zaxirada qoldirildi. Oʻtgan mavsumda u yetakchilardan biri boʻlgandi. Bu yil unda biroz pasayish boʻlayotgandek. Stanoyevich toʻgʻrisida ham shuni aytmoqchi edim.
  • Jamoamizda raqobat bor, oʻyinchilar koʻp va barchasiga imkoniyat beryapmiz. Javohirga kelsak, “Paxtakor” bilan oʻyindan oldin jiddiyroq jarohat olgandi. 10 kuncha biz bilan mashgʻulotlarda qatnashmadi. Bu ancha muddat. Jismoniy holati yoki oʻyin amaliyotiga ega boʻlmagach, oʻz imkoniyatini yoʻqotadi. Barchasiga ishonamiz.
  • Zaxiradan maydonga tushganlar oʻyinni qanchalik kuchaytira oldi?
  • Toʻpni ikkinchi taymda koʻproq nazorat qildik. Pozitsion hujumlar uyushtirdik. Bunga almashgan futbolchilarning hissasi boʻldi.
  • Keyingi uchrashuvlarda “Nasaf” ketma-ket “Navbahor”ni qabul qiladi. Bu oʻyindan oldin fikringiz qanday?
  • Barcha klub bilan oʻynay olamiz. Buni isbotlaganmiz. Raqiblarimiz jiddiy. Har bir bahsda yuqori maqsadni koʻzlab maydonga tushamiz.
    “Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...