Islom Mamatkazin: “Bunday fanatlar qarshisida toʻp surish faqat zavq keltiradi”

“Andijon” chempionatning 4-turida oʻz maydonida “Nasaf” bilan uchrashuvda 1:1 hisobida durang oʻynaganidan xabaringiz bor. “Andijon” tarkibida iqtidorli himoyachi Islom Mamatkazin “Nasaf” darvozasini ishgʻol qilib muxlislarning olqishiga sazovor boʻldi. U ortda qolgan bellashuv borasida gapirdi.

  • Dastlab “Nasaf”ga qarshi oʻyin haqida soʻramoqchiman. Qanday taassurot qoldi?
  • “Nasaf” bilan uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik koʻrdik. Maydonga faqat gʻalaba uchun tushgandik. Ammo durang natija boʻldi.
  • Raqib darvozasini ishgʻol qilgan paytingizda boshqacha xissiyotlar olamiga tushib qolganingizni koʻrdim. Oʻsha holatni qanday tasvirlaysiz?
  • Toʻgʻri, boshqacha hissiyot boʻldi. Doʻstlarimni oʻyinga taklif qilgandim. Ular gol ursang biz tomonga qarab yugurgin deyishgandi. Qandaydir noodatiy hissiyotlar qamrab oldi. Doʻstlarim tomonga qarab yugurdim va ularga qarab golni nishonladim.
  • Rosti, bu oʻyinda gol urish haqida oʻylaganmidingiz?
  • Ha, albatta.
  • 4 ta uchrashuvda himoyachi boʻlsangizda 2 ta gol urishni uddaladingiz. Bu nimadan dalolat?
  • Standart vaziyatlarda barchamiz oʻz oʻrnimizda toʻgʻri ishni bajarayotganimizdan dalolat. Koʻproq standartlarga eʼtibor qarayotganimiz bois bundan unumli foydalanishga harakat qilyapmiz.
  • “Bobur Arena”dagi muhit haqida hamma gapiryapti. Siz qanday taʼrif berasiz?
  • “Bobur Arena”dagi muhitga nima desa boʻladi? Oʻyindan-oʻyinga tasvirlab boʻlmaydigan darajada boʻlyapti. Bunday fanatlar qarshisida toʻp surish faqat zavq keltiradi.
  • Keyingi turda “Lokomotiv”ga qarshi oʻyin bor. Raqib haqida nima deya olasiz va nima kutyapsiz?
  • “Lokomotiv” ham kuchli raqib. Ular ham jangovar futbol oʻynaydilar. Qiziqarli uchrashuv boʻladi, deb oʻylayman. Muxlislarimizni xursand qilish uchun kurashamiz.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...