“Andijon” jamoamizning “Lokomotiv”ga qarshi oʻyin statistikasi qanday?

Superliganing 5-turi “Lokomotiv” – “Andijon” oʻrtasidagi oʻyin bilan boshlanadi. “Temiryoʻlchilar” hamda “Burgutlar” oʻrtasidagi bellashuvga doimgidek qiziqish katta. Chunki ikkala jamoa ham hali magʻlubiyatga uchramagan va ochkolari ham 8 tadan.
4-aprel oqshomida oʻtkaziladigan oʻyin oldidan jamoalarning chempionatdagi oʻzaro uchrashuvlar statistikasiga qaraydigan boʻlsak, ilk toʻqnashuv 2004-yili boʻlib oʻtgan. Andijondagi bahsda “Loko” 1:5 hisobida gʻalaba qozongan. Hozirga qadar bu klublar 26 marotaba kuch sinashishdi. “Lokomotiv”da 18 ta, “Andijon”da esa 4 ta gʻalaba bor. Yana 4 ta uchrashuv durang bilan yakun topgan. Toʻplar nisbati 52-25 “Temiryoʻlchilar” foydasiga.
Ushbu jamoalar soʻnggi bor 2021-yili toʻqnashishgan. Andijonda mehmonlar 1:2 hisobida ustun kelgan. Toshkentdagi bahsda esa 2:2 natijasi kuzatilgan. “Andijon” “Lokomotiv”ni safarda bir marta magʻlub etgan. 2007-yilning 25-noyabr sanasidagi uchrashuvda jamoamiz 0:1 hisobida gʻalaba qozongan.
Klublarning navbatdagi oʻyini 4-aprel, soat 19:15 da boshlanadi. Boʻlajak bellashuvda jamoamizga omad tilaymiz.
“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (1)

  1. Fayzulloh

    Matn muallifiga murojaatim bor edi. G‘alaba qozgandahi hisob har doim birinchi keltiriladi. Misol uchun, 2007-yilning 25-noyabr sanasidagi uchrashuvda jamoamiz 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Hech qachon g‘alaba 0:1 bo‘lmaydi. G‘alaba 1:0, mag‘lubiyat 0:1. Agar statistika yoki tablodagi hisob yoziladigan bo‘lsa, g‘alaba qozonish yoki mag‘lubiyat keltirilmaydi birinchi. (U21 chempionatida Andijon – Nasaf o‘yini 0:1 hisobida yakunlandi.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...