“Andijon” “Xo‘jand”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

“Andijon” “Xo‘jand”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

Tojikistonda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Andijon” jamoamiz u yerda nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Shu maqsadda 15 yanvar sanasiga o‘rtoqlik o‘yini belgilangan. Shu kuni jamoamiz Tojikiston chempionatining yetakchi klublarida biri “Xo‘jand”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu jamoa o‘tgan yili 22 ochko jamg‘arib, chempionatni 6-o‘rinda yakunladi.

Ushbu jamoalar o‘tgan yilning 20 iyul sanasida Xo‘jandda o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishgan va 59-daqiqada Nozim Bobojonovning goli evaziga mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.

Ma’lumot sifatida shuni ta’kidlamoqchimizki, yaqinda “Xo‘jand”ga bosh murabbiy sifatida Rustam Xodjayev qaytarildi. Undan avval esa bosh murabbiylikka rossiyalik taniqli mutaxassis Yuriy Syomin nomzodi ham ilgari surilgan. Biroq mutaxassis rad javobini bergan.

“Andijon”ning “Xo‘jand”ga qarshi uchrashuvi 15 yanvar kuni soat 11:00 da boshlanadi.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...