“Andijon”ning Turkiya yig‘inidagi navbatdagi raqibi ma’lum

2024 yilgi futbol mavsumiga tayyorgarligini bosqichlarga bo‘lib chiqqan holda uning dastlabkisini qo‘shni Tojikistonda olib borayotgan “Andijon” jamoasi rejaga asosan yig‘inini bir maromda davom ettiryapti.

🟢Oldin xabar berib o‘tganimizdek, “Burgutlar”ning Tojikistondagi yig‘ini 19 yanvarga qadar davom etadi va 24-sanada tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l oladi. U yerda bir qator xorij klublariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkaziladi.

🟢Bizni kuzatib borayotgan zukko muxlislar biladilarki, jamoamizning Antaliyadagi raqiblari xususida ma’lumotlar taqdim etib kelmoqdamiz. Bu safar yana bir raqibimiz aniq bo‘lganini ma’lum qilmoqchimiz.

🟢12 fevral kuni “Andijon” Ruminiyaning “Korvinul Xunedoara” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ma’lumot uchun bu klub Ruminiyada liga-2 da ishtirok etadi va hozirda 20 ta klub orasida 31 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda boryapti. “Korvinul Xunedoara” Ruminiya Kubogida o‘z yurishini davom ettiryapti. Klub o‘z guruhida yetakchi bo‘ldi va endi 1\4 finalda “CHFR Kluj”ga qarshi maydonga tushadi. Jamoaga esa 41 yoshli mahalliy mutaxassis Florin Maksim bosh murabbiylik qilmoqda.

🟢“Andijon”ning undan oldingi raqibi ham Ruminiyadan bo‘lib, aynan liga-2 qatnashchisi “CSC 1599 Selimbar” edi. Qizig‘i, ushbu klub chempionatda peshqadamlik qilyapti. Demakki, liga-2 ning dastlabki ikki o‘rnini egallab turgan klublar jamoamizning sparring-raqibiga aylanadilar.

🟢Eslatib o‘tamiz, bungacha “Andijon”ning Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi (27 yanvar), SSKA (Rossiya, 1 fevral), “Chernomores” (Ukraina, 4 fevral), “CSC 1599 Selimbar” (Ruminiya, 4 fevral) hamda “Aleksandriya” (Ukraina, 12 fevral)ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida xabar bergandik. Endi ularning orasida 12 fevral sanasida “Korvinul Xunedoara”ga qarshi bellashuv ham qo‘shildi. Reja bo‘yicha Antaliyada 7 ta uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan va ularning oltitasi ma’lum bo‘lib ulgurdi.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...