Jamoamiz nazorat o‘yinida 8 ta gol urdi!

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bugun “Andijon” Tojikistondagi qishki yig‘ini doirasida dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini “Xo‘jand”ga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuv nihoyatda qiziqarli hamda gollarga boy tarzda o‘tdi va unda jamoamiz yirik 8:1 hisobida raqibini tor-mor keltirdi.

Uchrashuvda tajribali hujumchi Shahboz Erkinov xet-trikka erishdi. Shuningdek, Islom Mamatkazin, Suhrob Berdiyev, Farhod Bekmurotov, Ilhom Abdug‘aniyev va Levan Arvaladze ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...