Jamoamizning Tojikistondagi yigʻini nihoyasiga yetdi

Qishki tayyorgarlik

Maʼlumki, jamoamiz 5-yanvar kuni oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazish uchun Tojikistonga joʻnab ketgandi. Ikki haftalik tayyorgarlikdan soʻng jamoamiz aʼzolari bugun Tojikiston yigʻinini yakunlab ortga qaytdilar.
Endi futbolchilar qisqa muddatli tanaffusga chiqdilar. 23-yanvar kuni jamoa aʼzolari Toshkentda toʻplanadilar. Qishki yigʻinning ikkinchi bosqichi esa Turkiyada davom ettiriladi.
Rejaga binoan jamoamiz aʼzolari 24-yanvar kuni Antaliyaga yoʻl oladi hamda u yerda 14-fevralga qadar oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib boradi va bir qator nazorat oʻyinlarida ham ishtirok etadi.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...