Rustam Xodjayev: “Andijon”ning o‘yinida murabbiyning imzosi ko‘rinib turibdi“

Ma’lumki, bugun “Andijon” jamoamiz Tojikistonda “Xo‘jand”ning yoshlar jamoasiga qarshi nazorat bahsida 8:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bellashuvni kuzatib borgan “Xo‘jand” bosh murabbiyi Rustam Xodjayev “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

”Biz bu uchrashuvda yosh futbolchilarni sinab ko‘rdik. Albatta, “Andijon” jamoasi kuchli edi. Umuman aytganda, yaxshi uchrashuv bo‘ldi.

“Andijon” futbolchilari bir-birini yaxshi tushunib o‘ynashdi. Jamoa o‘yinida murabbiyning imzosi ko‘rinib turibdi. Bizda esa asosan yosh futbolchilar o‘ynashdi. Ehtimol, bunday natija kutilgandir”.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...