Sodiqov jamoamiz bilan xayrlashdi

Qishki transfer oynasi ochilgan mahalda tarkib masalasida o‘zgarishlar va yangiliklar kuzatilishi tabiiy hol.

Yodingizda bo‘lsa, yaqinda bir qator o‘yinchilar bilan do‘stona ravishda xayrlashilgani xususida xabar berib o‘tgandik. Kuni kecha “Andijon”ni yana bir o‘yinchi tark etdi.

Ikki tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, so‘nggi ikki mavsumni jamoamiz safida o‘tkazgan yarim himoyachi Saidumar Sodiqov klubni tark etdi.

Futbolchi o‘tgan mavsumda asosiy jamoa safida Superligada 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi. “Andijon” U-21 tarkibida esa u 23 ta bellashuvda 3 ta gol urdi.
Sodiqovga klubdagi faoliyati uchun minnatdorlik bildiramiz va unga omad tilaymiz.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...